Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda «zamhokim»ning o‘g‘li uch nafar og‘aynisi bilan 13 yashar qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir qilgani rost bo‘lib chiqdi. Biroq...

Andijonda «zamhokim»ning o‘g‘li uch nafar og‘aynisi bilan 13 yashar qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir qilgani rost bo‘lib chiqdi. Biroq...

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida istiqomat qiluvchi ayol 13 yashar qiziga nisbatan tuman hokimi o‘rinbosarining o‘g‘li va uning bir necha og‘aynilari uyatsiz-buzuq harakatlar sodir qilganini bildirib, o‘z vaqtda kerakli choralar ko‘rilmagani oqibatida  yigitlardan ikki nafari qochib ketgani, shunga qaramay, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ayrim xodimlari hamon o‘z vazifasida ishlab kelayotganini aytgan videosi tarqaldi.

«Xabar.uz» so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmatining holatga oydinlik kiritishicha, darhaqiqat, shunday voqelik o‘tgan yilning may oyida Andijonda sodir bo‘lgan.

Voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan yigitlarning biri tuman hokimi o‘rinbosarining o‘g‘li ekani ham to‘g‘ri. Voqelik yuzasidan o‘sha vaqtning o‘zida Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi  (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tumani sudining 2021 yil 30 avgustdagi hukmi bilan ikki nafar sudlanuvchi qayd etilgan moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Mazkur hukmni o‘zgarishsiz qoldirish haqidagi Andijon viloyat sudining ajrimi Oliy sudning kassatsiya instansiyasida bekor qilinib, jinoyat ishini qaytadan ko‘rish uchun Toshkent shahar sudiga yuborilgan.

Hozirda jinoyat ishi Toshkent shahar sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring