Andijonda yigit baland svetofordan o‘zini tashladi. Uning muddaosi nima edi? (video)
Bugun, 6-iyun kuni Andijonda bir yigit shaharning markaziy ko‘chasida (temiryo‘l vokzalining shundoq qarama-qarshi tomoni) o‘rnatilgan svetofor ustiga chiqib olganiga oid video tarqaldi. Uni qariyb 1 soat davomida tushishga ko‘ndirishga urinishgan.
Yigitning bunday xatti-harakat qilishiga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, u viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov bilan ko‘rishmoqni xohlagan.
Voqelikka guvoh bo‘lgan Andijondagi manbamizga ko‘ra, u holatni telefoniga tasvirga olishga harakat qilgan. Biroq o‘sha joyda xizmat vazifasini o‘tayotgan IIB xodimi qarshilik ko‘rsatib, (tasvirlarni) o‘chirtirib yuborgan.
Yigitga hech qanday shikast yetmagan. Tarmoqlarda tarqalgan videoda u yaxshi gapga ko‘nib, abjirlik bilan pastda – ichki ishlar xodimlari ushlab turgan to‘rga sakragani ham ko‘rinadi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter