Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda rahbar qo‘shib yozish orqali yarim milliardni «tuya qildi»

Andijonda rahbar qo‘shib yozish orqali yarim milliardni «tuya qildi»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman bo‘limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «O.X» xususiy korxonasi rahbari O.X. va boshqalar tumandagi Naqshband ko‘chasining me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 573 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring