Andijonda notanish erkakni pichoqlagan 20 yoshli retsidivist qo‘lga olindi
![Andijonda notanish erkakni pichoqlagan 20 yoshli retsidivist qo‘lga olindi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_398319771.jpg)
26 fevral kuni taxminan soat 02:00 larda muqaddam qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati uchun sudlangan 20 yoshli Sh.M., Oltinko‘l tumani Chamanzor ko‘chasida joylashgan choyxonada o‘ziga notanish bo‘lgan 38 yoshli B.K., bilan o‘zaro janjallashib, yonidagi xo‘jalik pichog‘i bilan B.K.,ning ko‘krak qismiga tan jarohati yetkazgan. Natijada B.K. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «b» bandi (o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida xo‘jalik pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. B.K., jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter