Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda marixuananing katta partiyasini sotish uchun saqlayotganlar ushlandi

Andijonda marixuananing katta partiyasini sotish uchun saqlayotganlar ushlandi

8-yanvar kuni viloyat IIB JQB hamda tuman IIB JQB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi A.D. jinoiy sherigi M.Sh bilan birgalikda xolis xaridorga 30,73 gramm miqdordagi marixuana giyohvandlik vositasini 150.000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida M.Sh.dan 50.000 so‘m, A.D.dan 100.000 so‘m pullar hamda kelgusida sotish maqsadini ko‘zlab, yelim idishlarga qadoqlangan holdagi jami 7.020,78 gramm miqdordagi marixuana giyohvandlik moddasi xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.D hamda Sh.M.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring