Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ko‘knori yetishtiruvchi fuqaro qo‘lga olindi

Andijonda ko‘knori yetishtiruvchi fuqaro qo‘lga olindi

Foto: Andijon viloyati IIB matbuot xizmati

Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida ko‘knori yetishtirib kelayotgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Xabarda aytilishicha, Jalaquduq tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari shu yilning 31 may kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa huquqni muxofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda «Koradori-2019» tadbiri o‘tkazgan. Tadbir davomida, tahminan soat 15.00da Beshkaram MFY, Beshkaram ko‘chasida yashovchi fuqaro Musayevning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan va tomorqasiga 13 tup «ko‘knori» o‘simligini ekib parvarish qilib kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida 13 tup «ko‘knori» o‘simligi olingan.

Tergovga qadar tekshiruvni tuman ichki ishlar bo‘limi olib bormokda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring