Andijonda kassir va buxgalter nazoratchisi bank pulini o‘zlashtirdi
![Andijonda kassir va buxgalter nazoratchisi bank pulini o‘zlashtirdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_2911235117.jpg)
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tumani bo‘limi tomonidan AT «Xalq banki» Andijon viloyat filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda AT «Xalq banki» Buloqboshi filiali kassiri hamda buxgalter nazoratchisi vazifalarida ishlagan I.M. va Sh.Sh.lar joriy yilning 16-25 iyul kunlari o‘zlariga biriktirilgan 3 ta bankomatga naqd pullarni joylashtirish vaqtida jami 111 mln so‘mni o‘zlashtirib olganliklari aniqlangan.
Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishi ta’minlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter