Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yer silkinishi sezildi

Andijonda yer silkinishi sezildi

Bugun, 17 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:17 da (17.11.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 11:17 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 41,1 gradus shimoliy kenglik; 73,03 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 320 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Xonobod tumanida 3-4 ball, 32 km.
  • Qo‘rg‘ontepa tumanida 3 ball, 40 km.
  • Jalaquduq tumanida 3 ball, 53 km.
  • Paxtaobod tumanida 3 ball, 54 km.
  • Andijon tumanida 2-3 ball, 58 km.
  • Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball, 64 km.
  • Andijon shahrida 2-3 ball, 67 km.
  • Izboskan tumanida 2-3 ball, 68 km.
  • Buloqboshi tumanida 2-3 ball, 72 km.
  • Uchqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 77 km.
  • Oltinko‘l tumanida 2 ball, 80 km.
  • Asaka tumanida 2 ball, 83 km.
  • Norin tumanida 2 ball, 88 km.
  • Marhamat tumanida 2 ball, 89 km.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring