Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda daydi itlar yoppasiga qirib tashlanmoqda (foto)

Andijonda daydi itlar yoppasiga qirib tashlanmoqda (foto)

Foto: Ekologuz

Andijon viloyati Izboskan tumanida obodonlashtirish boshqarmasi hodimlari daydi itlarni yoppasiga otib o‘ldirgani aytilmoqda. Bu haqda ekologiya oid masalalarni yorituvchi «Ekologuz» Telegram kanali xabar berdi.

Aytilishicha, Lug‘umbek qishlog‘i Madaniyat va istirohat bog‘ida tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan daydi itlar yoppasiga otib o‘ldirilgan. Ba’zi itlarning bolalari ham bo‘lgani aytilgan.

Foto: Ekologuz

Qayd etilishicha, otib o‘ldirgan itlarning jasadlari jamoat joyiga tashlab ketilgan.

Avvalroq,  Asaka tumanida noma’lum yirtqich paydo bo‘lgani va qo‘ylar, tovuq-o‘rdaklar va mollarni bo‘g‘izlab, qonini so‘rib, tashlab ketayotgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring