Andijonda daryodan bir bolaning jasadi topildi, yana biri qidirilmoqda
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida ikki nafar bola daryoda cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
13 iyun kuni Oltinko‘l tumani «Andijon» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda 2010 yilda tug‘ilgan T.N. va 2011 yilda tug‘ilgan S.A. oqib ketgani ma’lum qilingan.
14 iyun kuni T.N.ning jasadi topilgan.
Hozirda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in qutqaruv otryadining Suvda qidiruv guruhi tomonidan suv ostida qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter