Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amudaryolik fuqaro xotini va ikki yashar qizini bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Amudaryolik fuqaro xotini va ikki yashar qizini bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Illyustrativ foto

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani dahshatli qotillik sodir etildi. Tumanning Qipchoq mahallasida istiqomat qiluvchi 27 yoshli S.D. o‘z uyida xotini (1995-y.t.) va ikki yashar qizini bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ng o‘z uyining omborxonasida o‘zini-o‘zi osdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan  JK (Jinoyat kodeksi)ning 97-moddasi 2-qismi (ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyatni keltirib chiqargan sabab va omillarga tergov yo‘li bilan aniqlik kiritiladi.

Jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring