Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amirsoy» kurortida yosh chang‘ichi halok bo‘ldi

«Amirsoy» kurortida yosh chang‘ichi halok bo‘ldi

Bugun, 7-yanvar kuni «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurortida fojiali holat sodir bo‘ldi. Bu haqda majmuaning feysbukdagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Qayd etilishicha, soat 16:20 atrofida «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurortining chang‘i yo‘llari yopilishidan oldin, tashrif buyurganlardan biri kurort xodimiga yosh chang‘ichining g‘oyib bo‘lganligi haqida xabar bergan.

«Amirsoy Resort» qutqaruv guruhi bedarak yo‘qolgan kishini qidirishga kirishgan. 30 daqiqalardan so‘ng, qutqaruv xizmati a’zolaridan biri yosh chang‘ichini chang‘i yo‘li tashqarisida, hayot alomatlari yo‘q  holda topgan.

«50 daqiqa davomida «Amirsoy Resort»ning sakkiz nafar professional qutqaruvchilari va ikkita shifokor jabrlanuvchini jonlantirishga harakat qilishdi, afsuski, natija bo‘lmadi. «Amirsoy Resort» barcha xodimlari nomidan marhumning oila a’zolari, do‘stlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyodagi eng yirik zamonaviy «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurorti yaqinda, 21 dekabr kuni rasman ochilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring