Amerikalik jurnalistlar Suriyada kimyoviy hujum belgilarini topa olmadi
«Amerikaning «One America News Network» konservativ telekanali jurnalistlari Suriyada kimyoviy hujum uyushtirilgani borasida dalil topa olishmadi. Bu haqda muxbir Pirson Sharp «Youtube»da e’lon qilingan videoda so‘zladi», — deb yozadi «Gazeta.Ru».
«Men kimyoviy hujum uyushtirilgan deb taxmin qilinayotgan tumanning o‘nga yaqin aholisi orasida so‘rov o‘tkazdim. Men suhbatlashgan odamlardan hech biri kimyoviy hujum haqida eshitgani yoki ko‘rgani haqida aytmadi. Ular o‘sha kuni tumanda hammasi doimgidek bo‘lganini va hech qanday noodatiy hodisa guvohi bo‘lmaganlarini aytishdi», — deydi Sharp.
Uning aytishicha, mahalliy aholi kimyoviy hujum haqidagi taxminlarni Suriya davlat armiyasidan yashirinish yo‘llarini axtarayotgan jangarilarning hiylasi deb hisoblaydi.
«Men shifokorlardan biri bilan gaplashdim. O‘sha kuni u navbatchilik qilgan. Men undan nimalarni ko‘rganini so‘radim. Uning aytishicha, bu odatiy kun bo‘lgan, ammo juda chang bo‘lgani sababli ko‘pchilik yo‘tal bilan kelgan, lekin boshqa shikoyatlar bo‘lmagan...», — qo‘shimcha qiladi Sharp.
Avvalroq kimyoviy hujumlarni tergov qiluvchi KQTT missiyasi Suriya Dumasida 18-apreldan ish boshlashi aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter