Sirdaryodagi «Amerika rejasi» barbod bo‘ldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan Yangiyer shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro Yo.A. (muqaddam sudlangan) tanishi U.P. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.A.ni Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib, Turkiya va Meksika davlatlari orqali yuborishi evaziga U.P. 8 100 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Toshkentdagi elchixonasi mamlakatga Meksika orqali boradigan noqonuniy muhojirlar qamalishini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter