Alisher Sultonov zudlik bilan Talimarjon IESga ketdi
Talimarjon IESning 2 ta bug‘-gaz qurilmalarida to‘xtatilish yuzaga keldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun 8 yanvar kuni soat 10:27da va 10:31da Talimarjon IESning 2- va 3-bug‘-gaz qurilmalarida (jami 900 MVt quvvat) energoblok texnologik himoyasining ishlashi natijasida ushbu BGQlari faoliyati to‘xtatilgan.
Buning natijasida, respublikaning ayrim hududlari bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida umumiy 446 MVt quvvatda cheklov kiritilmoqda.
Qayd etilishicha, energetika vaziri Alisher Sultonov boshchiligidagi mutaxassislar zudlik bilan mazkur stansiyaga uchib ketgan.
Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan to‘xtatilish sabablari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter