6 yashar qizaloq baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Bugun, 12-sentyabr kuni soat 11:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani hududidan o‘tgan 4K 333 «Nishon-Gres» avtomobil yo‘lining 5-kilometrida, haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan O.Q. «Gaz-5327» rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan ketayotgan piyodani urib yubormaslik maqsadida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketadi. Oqibatda qarshisidan kelayotgan haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Natijada «Neksiya» rusumli avtomobil yo‘lovchisi 6 yoshli Sh.U. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchilari 24 yoshli Sh.A. va 69 yoshli A.M.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter