Qidiruvdagi farzand 22 yil o‘tib uyga qaytdi (video)

Namangan viloyati, Uychi tumani, Cho‘rtik qishlog‘ida yashovchi Alisher Dadamirzayev 1997-yil Rossiyaga ketgancha shu vaqtga qadar uyga qaytmagandi. 2014-yil Rossiya fuqaroligini olgan Alisher O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi va 242-modda 1-qismi bo‘yicha ayblanib, qidiruvga berilgan edi.
Otasi Sadriddin Dadamirzayevning «Zamon» ko‘rsatuvida aytishicha, o‘g‘li onasining ta’ziyasiga ham kela olmagan.
Shundan so‘ng Prezidentimizning 2018-yil 19-sentyabrdagi qarori mohiyati tushuntirilib, Alisher Dadamirzayev O‘zbekistonga qaytarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas