Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV internetdagi xalqaro firibgarlardan ogohlantirdi

IIV internetdagi xalqaro firibgarlardan ogohlantirdi

Shu yilning 17-fevral kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi X.T. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, unda internet tarmog‘idagi «Apple New» reklama sayti orqali o‘zini Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi Jaden Guldana deb tanishtirgan shaxs uni aldagani haqida arz qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Jaden X.T bilan Telegram messenjeri orqali  gaplashib, 2 dona «iPhone XS» mobil telefoni sotib olsa, unga yana 1 dona mobil telefoni qo‘shib berishini aytib ishontirgan. 2018-yil 26-dekabr kuni X.T. ban orqali J.Guldanaga 1200 AQSh dollarini o‘tkazgan.

Lekin shu kunga qadar mobil telefonini ham, pullarini ham qaytarib ololmagan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rildi.

IIV fuqarolarni chet eldagi notanish shaxslar internet orqali savdo-sotiqni amalga oshirishni taklif etsa unga aldanmaslikka chaqirgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring