14 yoshli bolaning boshi simyog‘och teshigiga qisilib qoldi
Hodisa kecha, 9 iyun kuni Olmaliq shahar To‘maris ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 14 yoshli bola bo‘ylab velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, ushbu ko‘chaning yo‘l chetiga o‘rnatilgan beton simyog‘ochga urilgan va undagi teshikka boshi kirib qolgan.
Toshkent viloyati FVBga bolaga amaliy yordam kerakligi to‘g‘risida xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida bolaga amaliy yordam ko‘rsatilgan va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Bolani ahvoli yaxshi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter