Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Men o‘qituvchiman (satira)

Men o‘qituvchiman (satira)

Foto: «Google.com»

Ertalab shaxsiy haydovchim ertaroq keldi. Yap-yangi «Mersedes»ga o‘tirib ishxonaga jo‘nadim. Yo‘l-yo‘lakay elektron pochtamga kelgan xabarlar bilan tanishdim. Amerika, Yaponiya, Singapur tashqi ishlar vazirligidan iltimosnomalar kelibdi. O‘qituvchilariga yangi pedagogik va informatsion texnologiyalardan master-klass o‘tib berishimni so‘rashibdi. Men faqat uch oydan so‘ng qabul qilishim mumkinligini, ungacha vaqtim juda tig‘izligini yozib yubordim.

Ishxonaga yetib keldim. 5 qavatli mahobatli binoning kiraverishida menejer (maktabimiz direktori) qo‘li ko‘ksida kutib oldi. Kayfiyatim, oilam, sigir-buzog‘im hammasini so‘rab, ko‘zlarimga termulib turibdi.

Men pedagogikadagi yangiliklar haqida gapirib, rivojlanayotgan Angliya va Germaniya o‘qituvchilariga yaqindan yordam berilishi yuzasidan tavsiyalar berdim.

O‘qituvchilar xonasida ikki assistent kutib olishdi. Biri achchiqqina kofe damladi. Ikkinchisi bugun 2 soat darsim borligi, darsga barcha jihozlar tayyorligi haqida axborot berdi. Jarrohlar operatsiyaga kirganidek sinf xonasiga yo‘l oldim. (Axir insonlarning hayot-mamot masalasiga javobgarman.)

Sinf xonasida 10 nafar o‘quvchi va assistent kutib olishdi. Dars boshlandi. Kondinsionerning salqin havosida uyqu elita boshladi.

«Dadasi turing, sigirimiz yechilib ketibdi...» Ayolimning ovozidan uyg‘onib ketdim.

Indamadim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring