Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksiga faqat jahon chempionati uchun vaqtinchalik modda qo‘shildi

Rossiya Federatsiyasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksiga birinchi marotaba vaqtinchalik modda qo‘shildi.
Vaqtinchalik modda 2018-yilda Rossiyada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga noqonuniy chiptalar sotilishi bilan bog‘liq bo‘lib, fuqarolarga o‘yinlarga kirish biletining 20 baravaridan 25 baravarigacha bo‘lgan miqdorda, tashkilotlarga esa 1 mln. rubl miqdorida jarima solinishi va 3 oygacha faoliyatini ta’qiqlab qo‘yish jazosi ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu vaqtinchalik moddaning amal qilishi Jahon chempionati yakuniga yetishi bilan tugatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter