Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya bilan munosabati yomonlashgan mamlakatlar o‘z muxlislarini JCh-2018ga qanday tayyorlashyapti?

Rossiya bilan munosabati yomonlashgan mamlakatlar o‘z muxlislarini JCh-2018ga qanday tayyorlashyapti?

Foto: «Prizyv.tv»

Rossiyada 14-iyun kuni start oladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida 32 mamlakat qatnashadi. Chiptalarning yarmidan ko‘prog‘ini (54 foiz) chet elliklar sotib olishdi, eng ko‘p muxlislar Xitoy, AQSh, Braziliya, Kolumbiya, Germaniya, Meksika, Argentina va Buyuk Britaniyadan kelishi kutilmoqda. Rossiya bilan munosabati keskinlashgan mamlakatlar o‘z muxlislarini JCh-2018 ga qanday tayyorlashyapti. «Novaya gazeta» bunga aniqlik kiritdi

Jahon chempionatiga ikki oy qolganida Oq uy amerikaliklarga Rossiyaga borishdan avval «ikki marta» o‘ylab ko‘rishni maslahat bergan. «Agarda ular bilan biron narsa sodir bo‘lsa, biz o‘z fuqarolarimizga yordam berish imkoniyatiga ega emasmiz» — degan Oq uy vakili.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi esa JCh-2018 ga ketuvchilar uchun maxsus ma’lumotnoma ishlab chiqdi. Unda britan futbol muxlislariga imkon Checheniston, Dog‘iston va Ingushetiya kabi mintaqalarga bormaslik, Donetsk va Lugansk bilan chegaradosh yerlardan uzoq yurish tavsiya qilingan.

Argentinada esa JCh-2018 ga keluvchi amaldorlar, futbolchi va jurnalistlar uchun «Rus tili va madaniyati» qo‘llanmasi chiqarildi. Har xil maslahatlar bor, qizig‘i, rus qizlariga yoqish uchun nima qilish kerakligi ham... «Rus ayollariga dangal erkaklar yoqadi. Rossiyada chiroyli ayollar ko‘p, ammo hammasi ham sizga to‘g‘ri kelmaydi. Tanishishda ehtiyot bo‘ling», — deyiladi qo‘llanma matnida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring