Permdagi neyrotarmoq JCh-2018 g‘olibini bashorat qildi
«Perm klassik universitetida ishlab chiqilgan neyrotarmoq Rossiya o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati g‘olibi kim bo‘lishini bashorat qildi», — deya xabar bergan «Actualnews».
Sun’iy tafakkurning fikricha, Germaniya g‘alaba qozonib, chempionlik unvonini o‘zida saqlab qoladi, rossiyaliklar esa hatto guruhdan ham chiqisha olmaydi.
Neyrotarmoq tahlil natijasini berish uchun juda katta ma’lumotlar omboridan foydalanadi. Xususan, bu to‘p suriladigan maydonning ahvoli, o‘yinchilarning jismoniy holati, jarohatlar, maydondan chetlatishlar, ob-havo. Bashoratning aniqlik darajasi 80 foizni tashkil etadi.
Kuchli uchlikka Germaniya, Braziliya va Argentina kirishini ham neyrotarmoq hisoblab chiqqan. Mezbon jamoa — Rossiya 32 ta o‘rindan 27-o‘rinni band etishi mumkin ekan.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatiga 14-iyun kuni Rossiya — Saudiya Arabistoni uchrashuvida start beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter