Chechenlar Salohning tug‘ilgan kuniga 100 kiloli tort sovg‘a qildi
Chechenistonlik futbol muxlislari Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohga tug‘ilgan kuni munosabati bilan 100 kiloli tort sovg‘a qilishdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
«Misr terma jamoasi aeroportga ma’yus holda yetib keldi. Futbolchilar mehmonxonaga kelishganida ularni 3 qavatli, oltin butsaning tasviri tushirilgan tabrik torti kutib turgan edi. Bayramona kayfiyatni ko‘rgan Saloh va jamoadoshlari tabassum qila boshlashdi», – deydi voqeaga guvoh bo‘lgan kishi.
Kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinda Misr terma jamoasi Urugvaydan 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Misrliklar keyingi o‘yinni 19-iyun kuni «Sankt-Peterburg» stadionida mezbonlarga qarshi o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter