Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mundialdagi ilk golini kiritgan Qatar Senegaldan yengildi

Mundialdagi ilk golini kiritgan Qatar Senegaldan yengildi

Bugun, 25-noyabr kuni Qatardagi jahon chempionatining 2-tur o‘yinlariga start berildi.

Kunning birinchi o‘yini B guruhida boshlandi: Eron Uelsni ikkinchi bo‘limning qo‘shimcha daqiqalarida urilgan gollar hisobiga mag‘lub etdi — 2:0.

Hozirgina yakunlangan o‘yinda A guruhi vakillari —  turnir mezboni Qatar Senegal bilan kuch sinashdi. Xuddi birinchi o‘yinda bo‘lgani kabi, qatarliklar bu safar ham yutqazishdi, senegalliklar kiritgan uchta golga bitta javob qaytara olishdi.

QATAR-2022. A GURUHI. 2-TUR

Qatar – Senegal 1:3

Gollar: Muhammad Muntariy (78) — Bulaye Dia (41), Famara Dedu (48), Shayx Amadu Bamba Deng (84).

Soat 21:00 da A guruhidagi ikkinchi o‘yin boshlanadi: Niderlandiya — Ekvadorga qarshi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring