Marokash terma jamoasi futbolchisi barcha mukofot pullarini xayriya qildi
Marokash terma jamoasi futbolchisi Hakim Ziyosh Qatardagi jahon chempionatidan tushgan barcha mukofot pullarini xayriya qildi. Bu haqda jurnalist Xolid Baydun Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Jurnalistning aytishicha, futbolchi shu paytgacha jahon chempionatida o‘ynagani uchun ishlagan 325 ming dollar mukofot pulini tarixiy vatani (Marokash)dagi muhtojlarga xayriya qilib jo‘natdi. Ta’kidlanishicha, Hakim terma jamoada 2015 yildan buyon maoshsiz o‘ynab keladi. O‘ziga ajratilgan pulni xayriya qiladi.
Ma’lumot uchun: Hakim Ziyosh 1993-yilda Niderlandiyaning Dronten shahrida tug‘ilgan. Kelib chiqishi marokashlik. «Herenven» (2012–2014) tarbiyalanuvchisi, «Tvente» (2014–2016)da o‘ynagan, «Ayaks» (2016–2020)da porlagan. 2020-yildan buyon Londonning «Chelsi» klubi sharafini himoya qilmoqda.
Qatardagi jahon chempionati mukofot pullari haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter