Maradona kechirim so‘radi
Argentina terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Diyego Armando Maradona Argentina va Islandiya terma jamoalari o‘yini davomida «Spartak» stadionida tamaki tutatgani uchun kechirim so‘radi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Bugun argentinaliklar uchun juda qiyin bo‘ldi. Bizning jahon chempionatidagi debyutimiz og‘ir kechdi. Har kim o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘ldi. Men bu stadionda chekish mumkin emasligini bilmagan edim», – deb yozgan Maradona.
U futbol muxlislaridan va turnir tashkilotchilaridan uzr so‘ragan.
Argentina va Islandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter