Luis Enrike iste’foga chiqdi, o‘rniga yangi bosh murabbiy keldi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike iste’foga chiqdi. Xabarni mamlakat futbol federatsiyasi rasman tasdiqladi.
Enrike 2019-yildan buyon terma jamoani boshqarib kelayotgandi. Eng yaxshi natijasi — Yevro-2020 yarimfinali: ispanlar o‘n bir metrliklar seriyasiga ko‘ra italiyaliklardan mag‘lubiyatga uchrashgandi. O‘sha turnirda Italiya g‘olib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya JCh-2022 nimchorakfinalidan uyog‘iga o‘tolmadi, Marokash va bu safar ham penaltilar seriyasi Enrikega pand berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Enrikening o‘rniga Luis de la Fuente Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligiga keldi. U bilan ispanlar Tokio-2022 olimpiadasi kumush medalini qo‘lga kiritishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter