JCh-2022: Qatar Ekvadordan yengildi
Bugun, 20-noyabr kuni A guruhidan o‘rin olgan Qatar va Ekvador terma jamoalari 2022-yilgi jahon chempionatini boshlab berishdi.
Ekvador sardori Enner Valensiya — kun qahramoni: jahon chempionatining birinchi va ikkinchi gollarini kiritdi (16, penalti va 31-daqiqalarda). Agar o‘yin avvalida bosh bilan kiritgan yana bitta goli hisobga olinganida bir yo‘la xet-trikka erishgan bo‘lardi.
JAHON CHEMPIONATI-2022
Qatar – Ekvador – 0:2
Ertaga, 21-noyabrdagi o‘yinlar:
B guruhi
Angliya – Eron (soat 18:00 da boshlanadi)
A guruhi
Senegal – Niderlandiya (soat 21:00 da boshlanadi)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter