Janubiy Koreya — Gana: o‘yindan so‘ng osiyoliklarning imkoniyati keskin pasayib ketdi
Qatardagi jahon chempionati H guruhida 2-tur doirasidagi Janubiy Koreya va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi afrikaliklar foydasiga yakunlandi: Muhammad Salisu va Muhammad Quddusning gollari evaziga ganaliklar tanaffusga 2:0 hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketishdi.
Ikkinchi taymda Janubiy Koreya hujumchisi Chjo Gyu Son uch daqiqa ichida ikkita gol urib, hisobni tenglashtirdi.
68-daqiqada Muhammad Quddus yana o‘zini ko‘rsatdi va yakunda ganaliklar g‘alabasini ta’minlagan golni kiritdi.
QATAR-2022. H GURUHI. 2-TUR
Janubiy Koreya — Gana — 2:3
Gollar: Chjo Gyu Son (58, 61) — Muhammad Salisu (24), Muhammad Quddus (34, 68).
Gana terma jamoasi o‘tkazilgan ikki o‘yindan so‘ng 3 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Janubiy Koreya esa so‘nggi o‘rinda (1 ochko). Osiyoliklarga qiyin bo‘ladi — guruhdagi so‘nggi o‘yini Portugaliyaga qarshi.
H guruhidagi ikkinchi o‘yin bugun tungi soat 00:00 da Portugaliya va Urugvay o‘rtasida boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter