Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA: «Rossiya jahon chempionatiga 100 foiz tayyor»

FIFA: «Rossiya jahon chempionatiga 100 foiz tayyor»

Foto:«Scroll.in»

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Rossiya 2018-yilgi jahon chempionatini o‘tkazishga 100 foiz tayyor ekanini aytdi. Bu haqda «Lenta.ru» xabar qilmoqda.

«Futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanishiga hali bir hafta vaqt bor. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, Rossiya chempionatni o‘tkazishga 100 foiz tayyor. Butun dunyo mehmonlarni kutib olishga qanday tayyorgarlik ko‘rilganini kuzatib turibdi. Hammasi juda yaxshi tashkil qilingan. Bizni unutilmas taassurotlar kutib turibdi», — degan Janni Infantino.

FIFA prezidentining aytishicha, chempionat mobaynida biror ko‘ngilsiz voqeaning sodir bo‘lishiga qarshi jiddiy choralar ko‘rilgan. Hakam o‘yinni to‘xtatishi mumkin, monitoring tizimi ishlab chiqildi, qoidabuzarlikka sanksiya bor. Qoidabuzarlik sodir etilganda nimalar qilish kerakligi haqida hammasi ogohlantirilgan.

Chempionatning ilk uchrashuvini mezbonlar Moskva shahridagi «Lujniki» stadionida Saudiya Arabistoni futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.

Chempionat Rossiyaning 11 ta shahrida shu yil 15-iyulga qadar davom etadi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring