Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiyalik darvozabon o‘z jamoasini autsayder deb atadi

Belgiyalik darvozabon o‘z jamoasini autsayder deb atadi

Foto:«Sport.bigmir.net»

Futbol bo‘yicha Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua jamoasining «JCh-2018»dagi imkoniyatlari haqida gapirdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Futbolchi o‘z jamoasini chempionat favoriti sifatida ko‘rmayotganini ma’lum qildi.

«Men jamoamizni turnirning favoriti deb hisoblamayman, biz shunchaki autsayderlarning eng yaxshilaridan birimiz. Hammasi g‘alabaga ishonchdan boshlanadi. U esa bizda bor», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi FIFA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, bugun Roberto Martines shogirdlari jahon chempionati doirasida Panama terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring