«Nega endi yo‘q?»: dunyoning eng badavlat kishisidan 10 iqtibos
«Forbes» talqiniga ko‘ra, 2018-yili $135,6 mlrd. boyligi bilan dunyoning eng badavlat kishisiga aylangan Jeff Bezosdan iqtiboslar.
Biznes
Biznesda eng ko‘p beriladigan savol: «Nega?». Juda yaxshi savol, ammo bundan ham zo‘ri bor: «Nega endi yo‘q?».
«Wired» uchun intervyusidan, 2011-yil 13-noyabr.
Kelajak
Doim kelajakka moslashib borish zarur. Atrofingdagi dunyo o‘zgarayotganida va senga ters turib olganida, shamol ortingdan esayotganida, buni tushunib olish va otni qamchilab qolish kerak. So‘nggi pushaymon — o‘zingga dushman.
«The Washington Post» uchun intervyusidan, 2015-yil 25-sentyabr.
Kitoblar
Aksariyat kitoblarga video va animatsiyalar qo‘shish foydasiz. Bu kitobni kuchaytirmaydi, qaytanga o‘quvchini chalg‘itadi. Kitobga video qo‘shganingiz bilan Hemingueyni boshqa kuchaytira olmaysiz-ku.
«The Washington Post» uchun intervyusidan, 2010-yil 28-iyul.
Iste’mol
Iste’molning eng yomon shakli odamlarni aslida hayotlarini yaxshilashga xizmat qilmaydigan narsalarni sotib olishga undashidir. Banklarga borganimda, odamlarga keyin faqat ta’tilda borishgagina yaraydigan uy uchun ikkinchi kredit taklif etilayotgan reklamalarni ko‘rsam, xafa bo‘lib ketaman. Borib turgan yovuzlik.
«Wired» uchun intervyusidan, 1999-yil 1-mart.
Tanqid
Agar siz bu dunyoda qiziqroq nimadir qilayotgan bo‘lsangiz, tanqidchilar topiladi. Agar umuman tanqidni ko‘tarmasangiz, hech bir yangilik yoki qiziqarli ishga qo‘l urib o‘tirmang.
«Vox Media’s Code Conference», 2016-yil 31-may.
Innovatsiyalar
Nazarimda, innovatsiyalar uchun yomon davrning o‘zi yo‘q. Yaxshi zamon bo‘ladimi, yomonmi — innovatsiya bilan shug‘ullanavering... Bizning bunga shunchalik ishonchimiz komilki, boshqa yo‘limiz ham yo‘q, shekilli.
«Bloomberg» uchun intervyusidan, 2008-yil 16-aprel.
Internet
Bugungi internet (2012 yil nazarda tutilyapti — tahr.) 1908 yildagi Xyorli kir yuvish mashinasi darajasida turibdi. Bu bizning haqiqiy holatimiz. To‘g‘ri, sochimiz kir yuvish mashinasiga ilashib qolmayapti, ammo bu borib turgan ibtidoiylik. Biz 1908 yildamiz.
TED konferensiyasi, 2012-yil 22-aprel.
So‘z erkinligi
Bizning madaniy me’yorlarimiz odamlarga yoqimsiz narsalarni gapirish huquqini bermoqda. Bu bizga yoqishi shart emas. Biz ularni kechki ovqatga taklif etishga ham majbur emasmiz. Biroq biz ularga buni gapirishlariga ruxsat berishimiz shart.
«Code Conference», 2016-yil 31-may.
Kosmosning o‘zlashtirilishi
Buyuk sanoatlar kompaniyalar tomonidan yakkash barpo etilgan emas. Kosmosda ko‘plab g‘oliblar uchun joy doim topiladi.
Havo parvozlari va astronavtika muzeyi, 2016-yil 14-sentyabr.
Foyda
Siz 15 xil usulda hisob-kitob qilsangiz ham, baribir, har gal raqamlar narxlarni tushirmaslik kerakligi, aks holda foydangiz kam bo‘lishidan so‘zlaydi. Shu chorak, shu yil uchun bu, shubhasiz, to‘ppa-to‘g‘ri. Biroq, ehtimol, foyda xaridlar sonini oshiradigan — ular (mijozlar) boshqalardan emas, sizdan ko‘proq xarid qiladigan istiqboldagi o‘n yillik uchun bunday emas.
«Fast Sompany» uchun intervyusidan, 2004-yil 1-avgust.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter