Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jeff Bezos «boqiy umr» loyihasiga 3 milliard dollar berdi

Jeff Bezos «boqiy umr» loyihasiga 3 milliard dollar berdi

Foto: «Yandeks»

Amerikalik milliarder, «Amazon» kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos boqiy umr ko‘rish bo‘yicha tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi «Alto Labs» startapiga 3 milliard dollar sarmoya kiritdi.

«The Conservation» yozishicha, loyiha anchayin nufuzli olimlarni birlashtirgan. Xususan, Nobel mukofoti sohiblari — Shinya Yamanaka (tibbiyot), Jennifer Dudna (kimyo, genlarni tahrirlash bo‘yicha ishlanma mualliflaridan biri) jalb etilgan.

Olimlar hujayralarni qayta dasturlash, ya’ni ularni ildiz hujayralar (organizm butun to‘qimalari uchun asos bo‘luvchi hali yetilmagan hujayralar) holatiga qaytarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yishmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring