Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng boy odami almashdi

Dunyoning eng boy odami almashdi

Foto: «Funnybar.ru»

Amazon asoschisi Jeff Bezos juma kuni 14 milliard dollar yo‘qotib, dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatidagi birinchi o‘rinni Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) guruhi prezidenti Bernard Arnoga bo‘shatib berdi. Bu haqda Forbes Real-Time hisobotida ma’lum qilingan.

Amazon aksiyalari juma kuni 7 foizga pasaydi. Kompaniya bir kun oldin moliyaviy hisobotni e’lon qilgandi. Unga ko‘ra riteyler daromadi ikkinchi chorakda 27 foizga o‘sib, 113 milliard dollarni tashkil etgan, bu esa tahlilchilar prognozlaridan (115,3 milliard) ancha past. Biroq uchinchi chorakda Amazon daromadi bundan ham kamroq — 106-112 milliard dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Bezosning boyligi allaqachon 14,4 milliard dollarga kamayib, 191,9 milliard dollarni tashkil etmoqda. Arno atigi 1,5 milliard dollar yo‘qotdi: uning boyligi 194,2 milliard dollarga teng. Shunday qilib, Bezos yana ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Bernard Arno joriy yilning may oyida eng boy odamlar reytingida Bezosdan o‘zib ketgandi. Ro‘yxatdagi uchinchi o‘rinni hanuzgacha Ilon Mask egallab turibdi.

Amazon dunyodagi eng yirik onlayn chakana savdo tarmoqlaridan biridir. Shu yilning iyul oyida Bezos kompaniyaning bosh direktori lavozimini tark etdi. Amazon AQShdan tashqari Kanada, Xitoy, Braziliya, Yaponiya va Yevropa mamlakatlarida ham faoliyatini olib boradi. Amazon.com onlayn-do‘koni 1995-yil iyul oyida ishga tushirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring