«29 yoshida to‘rtinchi korxonasini ochgan ayol». Luiza Shorahmetova muvaffaqiyat sirlarini ochdi (video)
Luiza Shorahmetova «MEDIVA» estetik tibbiyot klinikasi asoschisi va rahbari, bu uning xizmat ko‘rsatish sohasidagi to‘rtinchi korxonasi hisoblanadi.
Suhbatdoshimiz 20 yoshida u ishlab chiqarish kompaniyasida direktor o‘rinbosari lavozimini egallagan, 22 yoshida o‘zining «HR agency» agentligini ochadi, 24 yoshida «West Valuation» ikkinchi konsalting biznesini tashkil qiladi, o‘sha yili o‘z faoliyatini kengaytirib, «Auto Finance Leasing» lizing kompaniyasini ochadi.
29 yoshida estetik tibbiyot sohasiga qadam qo‘ydi va O‘zbekistondagi mashhur klinikalardan biri bo‘lgan «MEDIVA»ga asos soldi.
«O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish uchun tashqi bozorni o‘rganish kerak. Sababi, bizda rivojlanmagan yo‘nalishlar ko‘p», — deydi Luiza Shorahmetova.
U farzandlarinning biznes yo‘lini tanlashiga qarshilik bildirmaydi: «Chunki, men 18 yoshimda biznes yo‘lini tanlaganman. Men uchun birinchi o‘rinda erkinlik, ikkinchisi yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etish…»
Bozor iqtisodiyotini o‘rganishiga 1 yil vaqti ketgan: «Sababi, men uchun bu yangi va katta yo‘nalish edi. Tanishlarim orasida “bu juda qiyin, ayniqsa tajribasizlar uchun... eplay olmaysan” deganlar ham bo‘ldi».
Biznesni o‘zi uchun katta maktab deb hisoblaydi: «Sababi, maktabga borgan inson yozishni, chizishni, o‘qishni o‘rganadi. Har bir tadbirkor ham xuddi shunday bosqichlardan o‘tadi».
Ammo u biznesni oilasidan ustun qo‘ymaydi...
Suhbatning to‘liq shakli — yuqoridagi videoda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter