Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodda «Kaptiva» haydovchisi postni «yorib» o‘tmoqchi bo‘ldi

Yunusobodda «Kaptiva» haydovchisi postni «yorib» o‘tmoqchi bo‘ldi

15-aprel kuni soat 7:50 atrofida Yunusobod tumanidagi Xalkobod ko‘chasida Kaptiva rusumidagi avtomashinaning 23 yoshli haydovchisi Mirabbos A. mahalladan chiqishda post joylashganiga qaramay, ichki ishlar xodimlarining to‘xtash talablarini inkor etib, o‘tishga urinadi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ammo haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga uriladi. Hodisadan so‘ng, haydovchi ichki ishlar xodimlarini haqorat qiladi va ularning qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortadi. Haydovchining o‘zini tutishi uning mast bo‘lganiga shubha uyg‘otadi, bu holat tibbiy ko‘rikda tasdiqlangan.

Haydovchining avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirilgan. O‘zi ushlangan. To‘plangan materiallar Yunusobod tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring