Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirish uchun sarflangan 46,5 mlrd. so‘m qani?
O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarining uzunligi 184 ming km. 2008 yildan 2017 yilgacha avtomobil yo‘llari atrofini ko‘kalamzorlashtirish ishlari tizimli olib borilmagan, sug‘orish tizimi rejali amalga oshirilmagan. Bu ishlar uchun 2008 yildan 2017 yilgacha 46,5 mlrd. so‘m sarflangan, ya’ni deyarli havoga uchirilgan. Bu haqda «Ekologuz» kanalida ma’lumot berildi.
2020 yildan yo‘l chetlariga o‘rnatilgan daraxt va gullarni tomchilab sug‘orish tizimi orqali ko‘kalamzorlashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, yo‘l chetlariga bir yillik gullar ekilmaydi va foydalanilayotgan qo‘l mehnati kamaytiriladi. Bularning barchasini yangi barpo etiladigan «Yo‘l ko‘kalam sug‘orish» tashkiloti amalga oshiradi.
2020 yil 1 maydan umumiy foydalanishdagi yo‘llar chetidagi o‘simliklar ro‘yxatga olinib, axborot-kompyuter tizimiga kiritiladi.
Avtomobil yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirish sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazi ishga tushirilib, unda nihoyat obodonlashtirish mutaxassislari jahon tajribasi asosida o‘qitiladi. Daraxtlarni to‘g‘ri butalash, o‘simliklarni to‘g‘ri parvarish qilish, yo‘l chetidagi daraxt va butalar shovqinni, zaharli gazlarni yutib, o‘rniga kislorod chiqarishi borasidagi bilimlari oshirilib, ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Bularning barchasi O‘zbekiston Prezidentining «2020−2024 yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va me’moriy-landshaft loyihalashtirishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan bo‘lib, u umumiy muhokamaga qo‘yildi.
P/S. Qaror qabul qilinib, amalga oshirilsa, yo‘llarimiz cheti obod bo‘lib, million-million so‘mga sotib olinib ekilayotgan, ammo parvarishsiz qurib qolayotgan ko‘chatlar yashnab, atrofga suv sochayetgan sug‘orish tizimi suvni isrof qilib, asfaltni sug‘orib yotmasmidi?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter