Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish osonlashdi (foto)
Toshkent shahrida ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga qulaylik yaratildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Bugun, 14-maydan boshlab, haydovchilik guvohnomasi va uning ogohlantirish talonini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasining quyidagi manzillarida qo‘shimcha test rejimida amalga oshirila boshlandi:
Yunusobod tumani davlat xizmatlari markazi. Yunusobod tumani, Osiy ko‘chasi 4-«A» uyda joylashgan. Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumani aholisiga hizmat ko‘rsatadi.
Uchtepa tumani davlat xizmatlari markazi. Uchtepa tumani, Farhod ko‘chasi, 21-uyda joylashgan. Uchtepa, Chilonzor hamda Sirg‘ali tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi.
Mirobod tumani davlat xizmatlari markazi. Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 31-uyda joylashgan. Mirobod, Bektemir, Yashnobod va Yakkasaroy tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi.
Xizmat ko‘rsatish vaqti – dushanbadan juma kunigacha soat 09:00dan 18:00gacha. Tushlik vaqti 13:00dan 14:00gacha.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 116-son qarori bilan amaldagi haydovchilik guvohnomasi va uning ogohlantirish talonini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter