Yangi avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabi bekor qilinadi
Yangi avtomototransport vositasi olinganda uni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabi bekor qilinishi mumkin. Bu haqda 2021-yilgi Davlat dasturi loyihasida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, 2021-yil 1-martgacha Ichki ishlar va Moliya vazirliklari «Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish va xalqaro andozalar asosida takomillashtirish» bo‘yicha loyiha ishlab chiqishi kerak.
Unda mashinalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishda propiska so‘ralmaydi va texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari uzaytiriladi.
Shuningdek, 2021-yil 1-iyungacha ishlab chiqiladigan hujjat loyihasida mashinalar va ular egalarining tarixini aks ettiruvchi elektron baza yaratiladi. Mashinani boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma «yagona darcha» tamoyili asosida rasmiylashtiriladi.
Bundan tashqari, haydovchilik imtihonlarini videokuzatuv qurilmalari yordamida internet orqali kuzatish imkoni ham yaratilishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter