Yana bir bank qulay avtokredit ajratishni boshladi
«Qishloq qurilish bank» ham to‘rt yilga olti oylik imtiyozli davr bilan avtokreditlar ajratishni boshladi. Eng muhimi, hujjatlar soddalashtirilgan bo‘lib, pasport va ishxonadan maoshingiz haqida ma’lumotnoma bo‘lsa, bas, deb xabar bermoqda «O‘zA».
Shuningdek, «Qishloq qurilish bank»da joriy etilganiga uch oy bo‘lgan mikroqarz xizmatidan ham foydalanayotganlar soni ortmoqda. O‘tgan qisqa fursatda ularning soni besh yuz nafardan oshdi. Bunda 18 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni bir yilga olish mumkin.
Ayni vaqtda «Onlayn ariza» xizmatini yo‘lga qo‘yishga hozirlik ko‘rilmoqda. Bunda mijoz bankka kelmasdan barcha turdagi xizmatlardan foydalanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter