Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznesni rivojlantirish banki tashkil etiladi – Prezident qarori

Biznesni rivojlantirish banki tashkil etiladi – Prezident qarori

«Qishloq qurilish bank» ATB negizida «Biznesni rivojlantirish banki» ATB tashkil etiladi. Bu haqda Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, mazkur bankning faoliyati ustuvor ravishda kichik biznes sub’yektlarining loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Biznesni rivojlantirish banki huzurida quyidagilar tashkil etiladi:

  • Xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari va xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali istiqbolli kichik biznes loyihalarni amalga oshiradigan «Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi» MChJ;
  • Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga biznes loyihalarini ishlab chiqish,  moliyalashtirish va ishga tushirishga ko‘maklashish, ularga konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 14 ta kichik biznesga ko‘maklashish markazlari.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring