Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors» kelasi yil yozdan Tracker ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

«UzAuto Motors» kelasi yil yozdan Tracker ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

«UzAuto Motors» bazasida Tracker avtomobillarini ommaviy ravishda ishlab chiqarish 2022 yilning yoz fasli o‘rtalariga rejalashtirilmoqda.

Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lumoti asosida «Gazeta.uz» xabar berdi.

Oldinroq Asakadagi avtozavodda mazkur mashinaning birinchi test versiyasi ishlab chiqarilgan. Hozirda konveyerni sozlash va avtomobillarni testdan o‘tkazish jarayonlari ketmoqda.

Tracker  modeli Global Emerging Markets (GEM) yagon budjet platformada kichik uzelli yig‘ish usuli orqali ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish darajasi kamida 50 foiz bo‘lishi kutilmoqda. «Ammo biz ushbu ko‘rsatkichni oshirib boramiz», — deydi kompaniya ma’lumotida. 

Ishlab chiqarish hajmi yiliga kamida 80 ming avtomobilni tashkil etadi. Hozircha mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi tayyor holda import qilinadigan Tracker modelidan qanchalik farq qilishi noma’lum.

«UzAuto Motors» bir necha kun avval orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati yuzaga kelgani bois, «UzAuto Motors» 2021-yil 5-17 dekabrda ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini chaqirib olish dasturini e’lon qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring