Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors» tizimida «ishkal» chiqdi

«UzAuto Motors» tizimida «ishkal» chiqdi

«UzAuto Motors» bugun soat 12:00 da Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilishini, shartnomani faqat onlayn tarzda amalga oshirish mumkinligi haqida e’lon qilgan edi.

Ammo va’da qilingan vaqtga kelib sayt ham ilova ham ishlamay qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda yana e’tirozlar, istehzolar yangray boshladi.

«Hali bironta odamdan shartnoma qila oldim degan xabar eshitmadim. Balki alohida serverga ulangan kompyuterlarda onlayn shartnoma tuzilayotgandur. Kim biladi.

Tez orada «soat 16:07da shartnomalar onlayn tarqatib bo‘lindi. Uzautomotors’ni tanlaganingiz uchun rahmat» degan xabar chiqib qolsa kerak», deb yozdi iqtisodchi Otabek Bakirov.

Biroz o‘tib kompaniya platforma faoliyatida texnik nosozlik sababli uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi.

«UzAutoSavdo platformasi faoliyatida texnik nosozlik sababli uzilishlar kuzatilmoqda. UzAuto Motors mutaxassislari tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Tushunganligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz», — deya yozdi UzAuto Motors.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring