UzAuto Motors narxlar oshishiga rasmiy munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 1 iyundan boshlab Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarining yangilangan versiyasini taqdim qilishi, Cobalt va Lacetti narxlari esa $20-23 ming dollardan boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi.
UzAuto Motors ushbu xabarlarga rasmiy munosabat bildirib, bu bo‘yicha hech qanday ma’lumot taqdim qilmaganini qayd etdi
«Ushbu ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas va yolg‘onligini ta’kidlab o‘tish kerak. Kompaniya va mahsulotlar narxi haqida rasmiy sahifalarimiz orqali bilib olishingiz mumkin», deyiladi munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter