Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tracker» narxiga «Malibu», «Lacetti» puliga esa «Tracker» taklif qilindi. Faqat…

«Tracker» narxiga «Malibu», «Lacetti» puliga esa «Tracker» taklif qilindi. Faqat…

Foto: «GM Uzbekistan»

«GM Uzbekistan» AJ va «O‘zagrosug‘urta» AJ avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida jismoniy shaxslarga «Chevrolet Malibu» va «Tracker» avtomobillarini muddatli to‘lov orqali sotib olish bo‘yicha yangi xizmatni ishlab chiqdi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Endilikda xaridor «Tracker» avtomobili puliga (215 mln so‘m) «Malibu», «Lacetti» puliga esa (128 mln so‘m) «Chevrolet Tracker» xarid qilishi mumkin. Faqat xaridorlar avtomobilning qolgan summasini 12 oy davomida foizsiz bo‘lib to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Aksiya 14-fevraldan 1-martga qadar amal qiladi. Aksiya bo‘yicha ajratilgan avtomobillar soni chegaralangan.

Qayd etilishicha, mazkur aksiyada faqat dilerlarda mavjud bo‘lgan ushbu modeldagi avtomobillar ishtirok etadi.

Shartnoma tuzilgan vaqtda «O‘zagrosug‘urta» mutaxassislari o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 3% miqdorida moliyaviy xatardan, shuningdek muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 1% miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi. Avtomobil uchun to‘liq to‘lov amalga oshirilmaguniga qadar dilerda garovda bo‘ladi. Oylik to‘lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim.

Shartnoma muddati va to‘lov shartlari buzilishga yo‘l qo‘yilgan taqdirda kelishuv bekor qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring