«Toshshahartransxizmat» rahbari lavozimidan ozod etildi
![«Toshshahartransxizmat» rahbari lavozimidan ozod etildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/1/720_460_95_2101871887.jpg)
Toshkent shahar hokimining 2019-yil 16-dekabrdagi qarori bilan «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruvida o‘zgarish yuz berdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruvi raisi vazifasida ishlab kelgan Mohir Valiyev lavozimidan ozod etildi.
Qayd etilishicha, ushbu lavozimga tayinlov bo‘lguniga qadar, uning vazifasini bajarish Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevga yuklatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter