Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda YTH oqibatida «KamAZ» binoni buzib kirdi. To‘rt kishi shifoxonaga olib ketildi

Toshkentda YTH oqibatida «KamAZ» binoni buzib kirdi. To‘rt kishi shifoxonaga olib ketildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2021-yil 5-fevral kuni taxminan soat 12.10 da Yashnobod tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, «YeQUINOX AT» avtomobilini boshqarib borgan 39 yoshli D.A. qayta burilish harakati davomida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan 70 yoshli P.K. boshqaruvidagi «KamAZ» rusumli yuk avtomobilini o‘tkazib yubormagan.

To‘qnashuv oqibatida «YeQUINOX AT» avtomobili boshqaruvsiz harakatni davom ettirib yo‘l chetida to‘xtab turgan 50 yoshli A.N. boshqaruvidagi «Nexia» avtomobiliga to‘qnashgan.

Bir vaqtning o‘zida «KamAZ» avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, TMA-1 binosiga borib urilgan.

YTH oqibatida uchala avtomobil haydovchilari hamda binoda bo‘lgan 73 yoshli M.M. shifoxonaga yetkazilgan.

Mazkur fakt bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring