Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir kunda yarim milliard so‘mdan ortiq jarima undirildi

Toshkentda bir kunda yarim milliard so‘mdan ortiq jarima undirildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Kecha, 30-yanvardan boshlab, Toshkent shahar IIBB YHXB, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB xodimlari bilan hamkorligida yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash va ularning avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlari boshlangani haqida xabar bergandik.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilishicha, yo‘l harakati qoidalarini buzgan 1 071 nafar haydovchi 30 yanvarning o‘zida jami 571 051 940 so‘m miqdorida jarimalarni to‘lashgan.

Ishchi guruh tomonidan Toshkent ko‘chalarida bir kunda jarimasi bor 712 haydovchi aniqlangan va ulardan undirilgan jarima miqdori 236 788 640 so‘mni tashkil etgan.

22 avtotransport vositasi jarima maydoniga qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring