Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir kunda 62 avtomobil jarima maydoniga «tiqildi»

Toshkentda bir kunda 62 avtomobil jarima maydoniga «tiqildi»

Poytaxtda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarning 62 ta avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.

17 noyabr kuni o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida ma’muriy jarimalarni muddatida to‘lamagan transport vositasi haydovchilari zamonaviy texnologiyalar yordamida aniqlanib, 617 ta qoidabuzar haydovchidan 269 million 45 ming so‘m qarzdorlik undirilgan hamda jarimani to‘lashdan bosh tortganlarga tegishli bo‘lgan 62 ta avtotransport vositalari jarima maydonlariga joylashtirilgan.

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani haydovchi jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 60 kundan kechiktirmay to‘lashi lozim. Ana shu muddatda to‘lanmagan jarimalar MIB ish yurituviga o‘tkaziladi va majburiy tarzda undirish choralari ko‘raladi.

Ma’lumot uchun, Byuro organlari tomonidan ijro ishi doirasida avtotransport vositalariga taqiq qo‘yish, ularni xatlash, jarima maydonchasiga joylashtirish, realizatsiya qilish, qarzdorga tegishli plastik kartalardan pul mablag‘ini yechib olish, undiruvni ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga qaratish kabi majburiy ijro harakatlari amalga oshirilishi mumkin.

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIB YHXB organlari qarorlari asosida yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilardan o‘z vaqtida to‘lanmagan 176 milliard 747 million so‘m jarima undirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring